OʻZBEKISTON TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISHDA TRANSPORT-LOGISTIKA YOʻLAKLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH

Description

Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi va xalqaro savdo munosabatlarining jadal rivojlanishi sharoitida mamlakatlarning eksport salohiyatini oshirishda transport-logistika tizimining samaradorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari cheklangan, dengiz portlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniga ega boʻlmagan davlatlar uchun transport yoʻlaklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish iqtisodiy taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi. Oʻzbekiston ham geografik joylashuviga koʻra ikki karra quruqlik bilan oʻralgan davlat sifatida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda bir qator logistik cheklovlarga duch kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan mamlakat iqtisodiyotining eksportbop tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini jahon bozorlariga yetkazib berishda transport-logistika yoʻlaklarini diversifikatsiya qilish dolzarb iqtisodiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20824734

Publication Date: 2026-06-24

Back to publications list


About