Mintaqada tabiiy kapitalni jamg‘arish samaradorligini integral indeks asosida baholash
hamda hududlarni mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha tabaqalashtirish masalalari tadqiq etilgan. Resurs, ekologik va
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining teng vazniga asoslangan tabiiy kapital integral indeksidan foydalanilib,
Xorazm viloyatining 11 ta tumani misolida amaliy hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Hisoblangan integral indeks
qiymatlari asosida hududlar besh toifaga ajratilib, har bir toifa uchun tabiiy kapitalni jamg‘arish salohiyatidan
kelib chiqqan holda differensiallashtirilgan “yashil rivojlanish dasturlari” yo‘nalishlari asoslab berilgan. Olingan
natijalar hududiy resurslardan foydalanish samaradorligini xolis baholash hamda mintaqaviy iqtisodiy siyosatni
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish imkonini beradi.
Publication Date: 2026-06-01