Mazkur maqolada korxonalar eksport faoliyatini boshqarishda innovatsion moliyaviy
instrumentlardan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etiladi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, xalqaro bozorlarda raqobatning kuchayishi
hamda eksport operatsiyalari bilan bog‘liq moliyaviy tavakkalchiliklarning ortib borishi korxonalarning
zamonaviy moliyaviy mexanizmlardan samarali foydalanishini taqozo etmoqda. Tadqiqotda eksport faoliyatini
moliyalashtirish va boshqarishda faktoring, forfeyting, eksport krediti, eksport sug‘urtasi, akkreditiv, bank
kafolatlari, savdo moliyalashtirish platformalari, raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech), blokcheyn asosidagi
hisob-kitob tizimlari hamda ta’minot zanjiri moliyalashtirish kabi innovatsion moliyaviy instrumentlarning iqtisodiy
mohiyati va boshqaruv samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi.
Publication Date: 2026-06-01