Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda
rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, resurslardan oqilona foydalanish
mexanizmlari hamda samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish
sohasida uchrayotgan asosiy muammolar aniqlanib, xorijiy tajriba asosida ularni bartaraf etish yo‘llari taklif
etilgan. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini
yanada oshirishga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Publication Date: 2026-06-01