Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida differensial ta’limga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari o‘rganilgan. L.S.Vygotskiy, C.A.Tomlinson, L.S.Shulman, V.D.Shadrikov va Fuchs kabi xorijiy olimlarning yondashuvlari K.Qosimova – S.Matchonov klassik metodikasi hamda G.A.Xolboyevaning milliy-ma’naviy integratsiya konsepsiyasi bilan uyg‘unlashtirilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan to‘rt bosqichli metodik tizim, diagnostika vositalari (MKT, dars loyihalash rubrikasi, pedagogik vaziyat case-study) va besh asosiy printsipga asoslangan integratsion model differensial yondashuv malakalarini shakllantirishda samarali ekanligi ko‘rsatilgan.
Publication Date: 2026-06-23