Maqolada sun’iy intellektga qaramlik zamonaviy raqamli addiksiyalarning yangi va murakkab shakli sifatida
tahlil qilinadi. Unda SI qaramligining mazmuni, diagnostik indikatorlari hamda kognitiv, emotsional, xulq-atvoriy va algoritmik-
kommunikativ komponentlardan iborat strukturaviy modeli yoritiladi. Tadqiqotda sun’iy intellekt vositalariga haddan
tashqari tayanish mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil, emotsional regulyatsiya va real ijtimoiy muloqot jarayonlariga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi asoslanadi. Shuningdek, SI qaramligining klassik internet, smartfon va o‘yin qaramligidan
farqli jihatlari ochib beriladi.
Publication Date: 2026-06-16