Mazkur maqolada investitsion muhitni boshqarish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda investitsion muhitning shakllanishiga
ta’sir etuvchi iqtisodiy, huquqiy, institutsional va tashkiliy omillar o‘rganilgan. Shuningdek, investitsion faoliyat
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar, jumladan, ma’muriy to‘siqlar, yuqori tavakkalchilik
darajasi, infratuzilma yetishmovchiligi hamda axborot shaffofligining yetarli darajada emasligi tahlil qilingan.
Ushbu masalalarni bartaraf etish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, investitsion siyosatni
liberallashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishlari
taklif etilgan. Tadqiqot natijalari investitsion muhitni yaxshilash va investitsiya oqimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Publication Date: 2025-03-11