INKLYUZIV GURUHLARDA AKUSTIK MUHITNI OPTIMALLASHTIRISH

Description

Mazkur maqolada inklyuziv guruhlarda akustik muhitni optimallashtirishning pedagogik, psixologik va gigiyenik jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy inklyuziv ta’lim sharoitida ta’lim muhitining akustik sifati o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishi, nutqni idrok etishi, diqqatni jamlashi va ijtimoiy moslashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, eshitishida nuqsoni bo‘lgan, koxlear implant yoki eshitish apparatlaridan foydalanuvchi bolalar uchun akustik muhitning sifat ko‘rsatkichlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda inklyuziv guruhlarda uchraydigan akustik muammolar, fon shovqinlari, reverberatsiya darajasi hamda ularning o‘quv faoliyatiga ta’siri o‘rganildi. Ilmiy manbalarni nazariy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, akustik monitoring, ekspert baholash va diagnostik metodlar asosida olib borilgan tadqiqot natijalari akustik muhitni optimallashtirish o‘quvchilarning nutqni tushunish darajasi, kommunikativ faolligi va o‘quv motivatsiyasini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, akustik dizayn elementlari, shovqinni kamaytiruvchi texnologiyalar va pedagogik moslashtirish choralarining samaradorligi asoslandi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20813728

Publication Date: 2026-06-23

Back to publications list


About