Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitish sifatini oshirish, xalqaro andozalarga moslashtirish hamda ta’lim mazmunining uzviyligini ta’minlashga qaratilgan yangi Davlat ta’lim standarti (DTS) va Milliy o‘quv dasturi loyihasining metodologik asoslari tahlil qilingan. Maqolada amaldagi o‘quv dasturlari bilan taklif etilayotgan yangi tizim o‘rtasidagi farqlar, fanga oid kompetensiyalarning qayta shakllantirilishi va ta’lim bosqichlarining xalqaro klassifikatorlar bilan muvofiqlashtirilishi masalalari yoritilgan.
Publication Date: 2026-06-23