Ushbu maqolada autizm spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda sensor xonalar modelining pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Sensor integratsiya nazariyasi asosida qurilgan sensor xonalar autistik bolalarda uchraydigan hissiy-sensor qabul qilish muammolarini bartaraf etishda va ijtimoiy o‘zaro ta’sirni kuchaytirish imkonini berishda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatilgan. Xalqaro ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar asosida sensor xonalarning tuzilishi, funksiyalari hamda ularning pedagogik salohiyati tahlil etilgan. O‘zbekiston sharoitida ushbu modelni joriy etish va takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola maxsus pedagogika, korektsion psixologiya va inklyuziv ta’lim sohasidagi mutaxassislarga mo‘ljallangan.
Publication Date: 2026-06-23