Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda notiqlik qobiliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida bolalarning nutq rivojlanishi, muloqot faolligi va lug‘at boyligini o‘rganish maqsadida kuzatish hamda rasm asosida hikoya tuzish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotda maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 5–6 yoshli 35 nafar bola ishtirok etdi. Olingan natijalar asosida bolalarning notiqlik qobiliyati darajasi yuqori, o‘rta va past guruhlarga ajratildi. Tadqiqot natijalari bolalarda notiqlik qobiliyatining shakllanishi ko‘p jihatdan oilaviy muhit, ijtimoiy muloqot hamda psixologik omillar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, bolalarning nutq faoliyatini rivojlantirishda ta’lim jarayoni va tarbiyaviy muhit muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Publication Date: 2026-06-23