Mazkur maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda uch o‘lchamli vizualizatsiyalardan foydalanishning boshlang‘ich
ta’limdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda 3D vizual vositalarning o‘quvchilarning mavzuni yaxshiroq tushunishi,
fazoviy tasavvurini rivojlantirishi hamda darslarga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tabiiy
fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ochib
berilgan. Tadqiqot natijalari uch o‘lchamli vizualizatsiyalar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning bilim samaradorligi
va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi
Publication Date: 2026-06-12