Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari adabiyot darslarida o‘rganish uchun yangi o‘zbek adabiyotidan
yuksak badiiy asarlar tanlash, shu asarlar orqali el ardog‘idagi adiblarga hurmat va ehtirom hissini uyg‘otish,
o‘quvchilarga o‘rganilayotgan asarning tayyor talqinlarini singdirishdan voz kechib, muayyan savol va topshiriqlar asosida
asarga mustaqil va tanqidiy munosabatini shakllantirish, adabiyot darsliklari uchun tanlangan asarlarni tahlil qilish,
o‘quvchilarda kitobxonlikni rivojlantirishga doir yondashuvlarni milliy adabiy ta’lim tajribasida o‘rganish, tahlil qilish, tadqiq
etish, o‘quvchilarda davlat tilidagi durdona adabiy asarlarni o‘qish istagini yuzaga keltiradigan omillar, asar tanlashning
asosiy uch jihatini (badiiy qiymatining yuksak bo‘lishi, ijtimoiy ahamiyatga molik ekanligi, o‘qigan odamga zavq-shavq
bag‘ishlashi) ta’minlashda hisobga olish zarur bo‘lgan holatlarga aniqlik kiritildi
Publication Date: 2026-06-12