Ushbu maqolada absolyut va nisbiy vaqt tushunchalarining lingvistik mohiyati, ularning farqlanish mezonlari
hamda turli tillarda, xususan, o‘zbek tili misolida ifodalanishi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Vaqt kategoriyasining
tilshunoslikdagi o‘rni, deiktik va anaforik funksiyalar, Reichenbach konsepsiyasi hamda zamonaviy tipologik tadqiqotlar
nuqtai nazaridan absolyut va nisbiy vaqtning semantik-grammatik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola tilshunoslik,
semantika va grammatika sohalari kesishmasida joylashgan dolzarb muammoni yoritishga qaratilgan
Publication Date: 2026-06-12