Kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari

Description

Mazkur tadqiqotda o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish (emosional yonish) holatining psixologik xususiyatlari va
uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda Boyko metodikasining “Emosional so‘nish” shkalasi
asosida zo‘riqish, rezistensiya va “sillasi qurish” bosqichlari o‘rganilib, ularning jins, mutaxassislik yo‘nalishi va ish staji
bo‘yicha farqlari aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kasbiy so‘nish darajasi o‘qituvchilarning individual-psixologik
xususiyatlari hamda kasbiy muhit bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ish stajining ortishi bilan uning kuchayishi kuzatiladi. Tadqiqot
pedagoglarda kasbiy stressni kamaytirish va kasbiy barqarorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab
chiqishga xizmat qiladi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20780868

Publication Date: 2026-06-12

Back to publications list


About