Rang konseptlarining lingvomadaniy tabiati va pedagogik ahamiyati: nazariy asoslar

Description

Mazkur maqolada rang konseptlarining lingvomadaniy ahamiyati hamda ularni O‘zbekiston umumta’lim
maktablarida o‘qitishning pedagogik zarurati nazariy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot M. Byram, D. Deardorff va L.S. Vygotskiylarning
nazariy qarashlariga tayangan holda amalga oshirilgan bo‘lib, lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirish
jarayonida rang konseptlarining o‘rni va funksiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi beshta asosiy rang konsepti - qizil/red, oq/white, qora/black, yashil/green va ko‘k/blue
ranglarining madaniy-semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Shuningdek, rang konseptlari til o‘rganish
jarayonida nafaqat leksik birlik, balki madaniy belgi sifatida o‘qitilganda umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilarida
lingvomadaniy kompetensiyaning samarali shakllanishi nazariy tahlillar asosida asoslab berilgan.
Maqola o‘zbek umumta’lim maktablarida rang konseptlarini lingvomadaniy yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish
nuqtai nazaridan muhim nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi empirik tadqiqotlar uchun metodologik asos
vazifasini bajaradi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20780842

Publication Date: 2026-06-12

Back to publications list


About