Ushbu ishda differensial tenglamalarni sonli yechish usullaridan biri bo‘lgan Eyler va Runge–Kutta usullari o‘rganildi. Differensial tenglamalarning nazariy asoslari, sonli yechim olish prinsiplari hamda amaliy matematik dasturiy paketlarda qo‘llanishi yoritildi. Hisoblash jarayonlari Excel, Matlab va Mathcad dasturida bajarilib, maxsus funksiyalar yordamida taqribiy yechimlar olindi. Olingan natijalar sonli usullarning aniqligi va amaliy ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, usullarning muhandislik, fizika va matematik modellashtirishdagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Publication Date: 2026-06-21