Mazkur tadqiqotda hududiy iqtisodiyot eksport tarkibining xom ashyo va birlamchi qayta
ishlangan mahsulotlarga bogʻliqligi muammosi Qashqadaryo viloyati 2024—2025-yillar rasmiy yillik statistik
ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda viloyat eksport tarkibida sodir boʻlgan strukturaviy oʻzgarishlar
baholanib, sanoat tovarlari (asosan toʻqimachilik xom ashyosi) ulushining keskin pasayishi (42,1 foizdan 27,0
foizga), oziq-ovqat mahsulotlari ulushining sezilarli oʻsishi (14,0 foizdan 25,2 foizga) hamda mashinalar va
transport asbob-uskunalari ulushining 7,1 marotaba koʻpayishi rasmiy ma'lumotlar asosida asoslangan. Eksport
bozorlarining geografik konsentratsiyasi Herfindahl-Hirschman indeksi (HHI) yordamida baholanib, valyuta
tushumlari barqarorligiga ta'sir qiluvchi tizimli xavf-xatarlar aniqlangan. Xom ashyoga bogʻliqlikni bartaraf
etishning moliyaviy mexanizmlari boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Publication Date: 2026-06-01