MOLIYA BOZORINING IQTISODIY O'SISHDAGI O'RNI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Description

tahlil qilingan. Tadqiqotda moliya bozori iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralib,
uning asosiy vazifalari — bo‘sh moliyaviy resurslarni safarbar etish, investitsiya jarayonlarini faollashtirish,
kapitalni samarali taqsimlash hamda iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi moliyaviy oqimlarni muvozanatlashtirish
kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, moliya bozorining rivojlanish darajasi bilan iqtisodiy o‘sish sur’atlari
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy va empirik yondashuvlar asosida ko‘rib chiqilgan. Maqolada J. Shumpeter,
R. Goldsmit, R. Levin va S. Zervos kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, moliya sektorining
innovatsiyalarni moliyalashtirish, investitsiyalar hajmini oshirish va iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirishdagi
roli asoslab berilgan. Shuningdek, McKinnon–Shaw moliyaviy liberallashtirish nazariyasining asosiy g‘oyalari
yoritilib, moliya bozorlarini erkinlashtirishning iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’siri ko‘rsatib berilgan. O‘zbekistonda
moliya bozorini modernizatsiya qilish, kapital bozorini rivojlantirish va raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy
etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Shu
bilan birga, ayrim segmentlarning yetarli darajada rivojlanmagani ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha ilmiy-amaliy
tadqiqotlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20776812

Publication Date: 2026-06-01

Back to publications list


About