Ushbu maqolada korxona boshqaruvi samaradorligini baholashning zamonaviy
yondashuvlari, ularning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy qo‘llash imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Korxona
faoliyatining raqobatbardoshligini oshirishda samarali boshqaruv tizimining muhim o‘rni yoritilib, boshqaruv
samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan asosiy usullar, jumladan, kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI),
Balanced Scorecard (BSC), benchmarking va integrallashgan baholash mexanizmlarining afzalliklari ko‘rib
chiqilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida boshqaruv samaradorligini baholashning innovatsion
yondashuvlari hamda ularning korxona rivojlanishi va barqaror o‘sishiga qo‘shayotgan hissasi tahlil etilgan.
Tadqiqot natijalari korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini yanada oshirish, resurslardan oqilona
foydalanish va boshqaruv samaradorligini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Publication Date: 2026-06-01