KREDIT RISKLARINI BOSHQARISHDA SUN'IY INTELLEKTNING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA UNI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIGA TATBIQ ETISH YO'NALISHLARI

Description

Kredit risklarini boshqarishda sun’iy intellektning iqtisodiy samaradorligi hamda uni tijorat
banklari faoliyatiga tatbiq etish yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida mashinaviy o‘qitishga asoslangan
kredit skoringi, risklarni prognozlash, erta ogohlantirish va firibgarlikni aniqlash tizimlarining kredit portfeli sifatiga
ta’siri tahlil qilingan. An’anaviy hamda sun’iy intellektga asoslangan yondashuvlar qiyosiy baholanib, muammoli
kreditlar ulushini kamaytirish, operatsion xarajatlarni qisqartirish, qaror qabul qilish tezligi va aniqligini oshirish
bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Sun’iy intellekt asosida kredit risklarini boshqarishning iqtisodiy
samaradorlik mexanizmi ishlab chiqilib, uni tijorat banklari amaliyotiga bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan
ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini
jadallashtirish va kredit risklarini boshqarish sifatini oshirishga xizmat qiladi

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20776728

Publication Date: 2026-06-01

Back to publications list


About