Mazkur maqolada tajriba turizmining mintaqaviy rivojlanish darajasini belgilovchi omillar, uning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ahamiyati, shuningdek turli hududlarda ushbu turizm shaklining notekis taqsimlanishi sabablari tahlil qilingan. Tadqiqotda tajriba turizmi tushunchasining nazariy asoslari, xorijiy va mahalliy tajriba asosida shakllangan modellari, infratuzilma, inson kapitali va madaniy meros resurslarining rivojlanish darajasiga ta'siri ko'rib chiqilgan. Maqolada ikki jadval orqali turli mintaqalarning tajriba turizmi indeksi bo'yicha qiyosiy tahlili keltirilgan va rivojlanish darajasidagi farqlarning asosiy determinantlari aniqlangan.
Publication Date: 2026-06-20