MUTANABBIY SHE'RIYATIDA JINOS SAN'ATI: TURLARI VA BALOG'IY VAZIFALARI

Description

Ushbu maqolada arab mumtoz she’riyatining yirik namoyandasi Abu Tayyib Mutanabbiy ijodida qo‘llangan jinos san’ati va uning badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida jinosning nazariy asoslari, uning balog‘at ilmida tutgan o‘rni hamda Mutanabbiy she’rlarida uchraydigan asosiy turlari yoritiladi. Shoirning turli qasida va she’rlaridan keltirilgan misollar asosida jinosning to‘liq, noto‘liq, mustavfā, mu‘akkas va boshqa ko‘rinishlari o‘rganiladi. Shuningdek, jinosning she’riy nutqdagi musiqiylikni kuchaytirish, ma’noni teranlashtirish, obrazlilikni oshirish hamda o‘quvchi va tinglovchiga estetik ta’sir ko‘rsatishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Mutanabbiy jinosni faqat lafziy bezak sifatida emas, balki mazmunni shakllantiruvchi muhim poetik vosita sifatida qo‘llaganligini ko‘rsatadi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20773943

Publication Date: 2026-06-20

Back to publications list


About