«Smart City» konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Description

Ushbu tadqiqotda “Smart City” konsepsiyasining shakllanishi, uning ilmiy-nazariy asoslari hamda rivojlanish bosqichlari kompleks tahlil qilingan.  Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi va shahar infratuzilmasidagi murakkab muammolar “aqlli shahar” g‘oyasining paydo bo‘lishiga zamin yaratgan asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqilgan.

Tadqiqotda “Smart City” konsepsiyasining evolyutsiyasi an’anaviy shahar boshqaruvidan raqamli va intellektual tizimlarga o‘tish jarayoni misolida yoritilgan. Shuningdek, mazkur konsepsiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari — texnologik yo‘naltirilgan bosqich, integratsiyalashgan axborot tizimlari bosqichi hamda barqaror rivojlanish va insonga yo‘naltirilgan “aqlli shahar” modeli ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Maqolada dunyo amaliyotida qo‘llanilayotgan ilg‘or “Smart City” modellari tahlil qilinib, ularning shahar muhitini yaxshilash, resurslardan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari “Smart City” konsepsiyasini rivojlantirishda kompleks va tizimli yondashuv zarurligini ko‘rsatadi hamda uni milliy shaharsozlik amaliyotiga tatbiq etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Smart City, aqlli shahar, shahar infratuzilmasi, raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shahar boshqaruvi, barqaror rivojlanish, innovatsion texnologiyalar, intellektual tizimlar, urbanizatsiya.

Abstract

This study provides a comprehensive analysis of the formation and development stages of the “Smart City” concept, highlighting its theoretical foundations and evolutionary trajectory. The research examines the rapid advancement of information and communication technologies, the intensification of urbanization processes, and the growing complexity of urban infrastructure as the key factors that have driven the emergence of smart city initiatives worldwide.

 

The evolution of the “Smart City” concept is explored through the transition from traditional urban management systems to digitally driven and intelligent governance models. Particular attention is paid to the main stages of development, including the technology-oriented phase, the phase of integrated information systems, and the contemporary human-centered and sustainability-oriented smart city model.

Furthermore, the study analyzes leading international smart city practices and assesses their role in improving urban environments, optimizing resource efficiency, enhancing environmental sustainability, and increasing the quality of life for urban residents. The findings emphasize the necessity of a holistic and systemic approach to smart city development and provide a scientific basis for adapting the “Smart City” concept to national urban planning and development practices.

Keywords:

Smart City, urban development, digital transformation, urban infrastructure, information and communication technologies (ICT), smart governance, sustainable development, intelligent systems, urbanization.

Kirish. Bugungi kunda dunyo aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qilmoqda .  Resurslarni samarali boshqarish va ekologik barqarorlikni ta’minlash zaruriyati  «Smart City»  konsepsiyasini yuzaga keltirdi .  Ushbu tizim Internet buyumlar (IoT), sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalariga asoslanadi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20771255

Publication Date: 2026-06-20

Back to publications list


About