Mazkur tezisda diagnostik monitoring asosida ta’lim jarayonini uzluksiz takomillashtirishning innovatsion modeli nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Pedagogik diagnostika o‘quvchilarning bilim darajasi, kompetensiyalari, individual xususiyatlari hamda o‘zlashtirish dinamikasini aniqlashda muhim vosita sifatida talqin qilinadi. Ta’lim jarayonini muntazam kuzatish, natijalarni tahlil qilish va shu asosda pedagogik faoliyatni moslashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, formatif baholash va individual yondashuvning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi.
Publication Date: 2026-06-20