Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlari (TIMSS, PISA, PIRLS, EGMA) talablari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini rivojlantirish metodikasi tahlil qilingan. TIMSS 2023 va PISA 2022 natijalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston o‘quvchilari protsessual bilimlarni yaxshi o‘zlashtirgan, ammo mantiqiy fikrlash va hayotiy kontekstda matematik bilimlarni qo‘llash ko‘nikmalarida yetarli darajada emas. Maqolada matematik savodxonlikning uchta kognitiv sohasi (bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish) va mazmun sohalari (sonlar, algebraik tushunchalar, geometriya, ma’lumotlar) bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda integrativ yondashuv, real hayot kontekstidagi masalalar va formativ baholash usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan.
Publication Date: 2026-04-30