|
mazkur maqolada koxlear implantli bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Koxlear implantatsiya eshitishida chuqur nuqsoni bo‘lgan bolalarning eshitish imkoniyatlarini tiklashga xizmat qiluvchi zamonaviy tibbiy texnologiya bo‘lib, implantatsiyadan keyingi davrda nutqni rivojlantirish bolaning keyingi ijtimoiylashuvi va ta’limiy muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda koxlear implantli bolalarning nutqiy rivojlanish xususiyatlari, eshituv idrokining shakllanish jarayoni, kommunikativ kompetentligining rivojlanishi hamda nutqni rivojlantirishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘rganildi. Tadqiqot davomida ilmiy manbalarni nazariy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, suhbat, logopedik diagnostika, qiyosiy tahlil va monitoring metodlaridan foydalanildi.
|
Publication Date: 2026-06-20