IMPLANTLI BOLALARNI INKLYUZIV MUHITGA PEDAGOGIK MOSLASHTIRISH

Description

mazkur maqolada implantli bolalarni inklyuziv muhitga pedagogik moslashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Eshitishida chuqur nuqsoni bo‘lgan bolalarda koxlear implantatsiyaning joriy etilishi ularning eshitish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lsa-da, mazkur bolalarning umumta’lim muassasalari va inklyuziv ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi ko‘p jihatdan pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimiga bog‘liqdir. Tadqiqotda implantli bolalarning psixologik-pedagogik rivojlanish xususiyatlari, kommunikativ kompetentligining shakllanishi, ijtimoiy moslashuvi va inklyuziv muhitga integratsiyasini ta’minlovchi pedagogik omillar o‘rganildi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, suhbat, anketa, qiyosiy tahlil va monitoring metodlaridan foydalanildi. Natijalar implantli bolalarni inklyuziv muhitga moslashtirishda individual yondashuv, pedagog-logoped-psixolog hamkorligi, ota-onalar ishtiroki va kommunikativ rivojlantiruvchi texnologiyalarning muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.

 

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20768865

Publication Date: 2026-06-20

Back to publications list


About