REZISTENT ARTERIAL GIPERTENZIYANI ERTA ANIQLASH, PROFILAKTIKASI VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Description

Rezistent arterial gipertenziya arterial bosimning uch yoki undan ortiq antigipertenziv preparatlar, jumladan diuretiklar qo‘llanilishiga qaramay nazorat qilinmasligi bilan tavsiflanadigan murakkab klinik holat hisoblanadi. Mazkur maqolada rezistent arterial gipertenziyani erta aniqlash, profilaktikasi va davolashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Kasallikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari, jumladan semizlik, metabolik sindrom, qandli diabet, surunkali buyrak kasalliklari va davolashga rioya qilmaslik holatlari o‘rganilgan. Ambulator arterial bosim monitoringi, laborator va instrumental diagnostika usullarining kasallikni erta aniqlashdagi ahamiyati yoritilgan.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20766553

Publication Date: 2026-06-19

Back to publications list


About