Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
tahlil qilingan. Tadqiqotda kichik biznesning bandlik, yalpi ichki mahsulot va iqtisodiy faollikdagi o‘rni statistik ma’lumotlar
asosida baholangan. Shuningdek, kichik tadbirkorlikning hududiy va tarmoq tarkibi, rivojlanish tendensiyalari hamda iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashdagi ahamiyati o‘rganilgan. Natijalar kichik biznes mamlakat iqtisodiyotining muhim institutsional
tayanchi bo‘lib, bandlikni ta’minlash, raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin
egallashini ko‘rsatdi.
Publication Date: 2026-06-01