Ushbu maqolada innovatsion yondashuvlar asosida raqamli marketing strategiyalarini rivojlantirish usullari
tahlil qilinadi. Xususan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, ijtimoiy
tarmoqlar, kontent marketing, SEO va maqsadli reklama vositalaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek,
korxonalarning raqamli muhitdagi raqobatbardoshligini oshirish, iste’molchilar bilan interaktiv aloqalarni mustahkamlash
va marketing faoliyati natijadorligini ta’minlashda innovatsion strategiyalarning ahamiyati asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarida raqamli marketingni takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Publication Date: 2026-06-01