O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni raqamli kreditlash tizimining rivojlanishi hamda
uning iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida raqamli bank xizmatlari, sun’iy intellekt, katta
hajmdagi ma’lumotlar (big data) va FinTech yechimlarining kreditlash jarayonlarini tezlashtirish, samaradorligini
oshirish hamda moliyaviy inklyuziyani kengaytirishdagi o‘rni yoritilgan. Raqamli kreditlashning tadbirkorlik
faolligi, investitsion jarayonlar va bandlik darajasiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Shuningdek, kiberxavfsizlik,
moliyaviy savodxonlik va tartibga solish mexanizmlariga oid masalalar tahlil qilinib, ularni takomillashtirish
bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Publication Date: 2026-06-01