O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MINTAQALARIDA EKSPORT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida eksport faoliyatini rivojlantirishning
nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda eksportning iqtisodiy mohiyati, hududiy rivojlanishdagi
o‘rni hamda eksport salohiyatini shakllantiruvchi omillar tizimi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xalqaro savdo
nazariyalari, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy o‘sish konsepsiyasi va yangi iqtisodiy geografiya yondashuvlari
asosida mintaqaviy eksport rivojlanishining nazariy asoslari yoritilgan. Eksport salohiyatini baholashda
qo‘llaniladigan klassik va zamonaviy metodologik yondashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston mintaqalarida
eksport faoliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, investitsion, logistika, innovatsion va institutsional
omillarning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida hududiy eksport salohiyatini baholashning
kompleks yondashuvi taklif etilgan hamda eksport faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan konseptual model ishlab
chiqilgan. O‘zbekiston mintaqalarining eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sish va hududlar
raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili ekanligi aniqlangan. Maqolada eksportni rag‘batlantirish va
mintaqalar eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20765084

Publication Date: 2026-06-01

Back to publications list


About