TIKTOKNING INGLIZ TILINI O'RGANISHGA TA'SIRI
Description
Mazkur maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, xususan, TikTok platformasining ingliz tilini o‘rganishga ta’siri tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda TikTok nafaqat ko‘ngilochar platforma, balki ta’limiy kontentlarni tarqatishning samarali vositasiga ham aylangan. Tadqiqotda TikTok orqali ingliz tilini o‘rganishning afzalliklari, jumladan, yangi lug‘at boyligini oshirish, talaffuzni yaxshilash, tinglab tushunish va so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, platformaning o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishdagi roli, autentik til muhiti yaratishdagi ahamiyati hamda qisqa videolar formatining ta’lim samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada TikTokdan foydalanishning ayrim salbiy jihatlari, xususan, ma’lumotlarning ishonchliligi, foydalanuvchilarning diqqatini chalg‘ituvchi omillar va chuqur nazariy bilimlarni o‘zlashtirishdagi cheklovlari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari TikTokning ingliz tilini o‘rganishda qo‘shimcha ta’lim vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi hamda undan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Authors
- Xamrayeva Nozima Akbar qizi
DOI: 10.5281/zenodo.20764541
Publication Date: 2026-06-19
Back to publications list
About