Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanida vaqtga doir arabiy o‘zlashmalar birinchi marta maxsus tadqiqot ob‘ekti sifatida ajratilib tahlil qilingan. Asarda uchraydigan 12 ta arabiy birlik - HIJRIY (هِجْرِيّ), DALV (دَلْو), JAVZO (جَوزَاء), HAMAL (حَمَل), ZAMON (زَمَان), VAQT (وَقْت), SUNBULA (سُنْبُلَة), DAQIQA (دَقِيقَة), SUBH (صُبْح), SOAT (سَاعَة), ASR (عَصْر), JUMA (جُمُعَة) - to‘rt semantik guruhga ajratilib, ularning o‘zbek tiliga o‘zlashish yo‘llari, fonetik-morfologik moslashuvi va asardagi badiiy-funksional vazifalari aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, mazkur arabizmlar ilk bor tizimli leksik-semantik tahlilga tortildi va ular o‘zbek badiiy matnida kalendarik, astronomik hamda diniy vaqt tizimlarini birlashtiruvchi maxsus leksik qatlam sifatida belgilandi.
Publication Date: 2026-06-19