Maqolada axborot-telekommunikatsiya tizimlarida past intensivlikdagi taqsimlangan “xizmat ko‘rsatishdan voz kechish” (Low-Rate DDoS) hujumlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqilgan. Mavjud aniqlash usullari — signaturaviy va miqdoriy tahlilga asoslangan yondashuvlar — past intensivlikdagi hujumlarga nisbatan yetarli samaradorlikni ta’minlamasligi tahlil qilingan. Muammoni hal etish uchun masala vaqt qatorlarini ikki sinfga (“normal” va “anomal”) tasniflash kontekstida formal qo‘yilgan. Kohonenning o‘z-o‘zini tashkil etuvchi xaritasi (SOM) belgilar fazosi o‘lchamini kamaytirish, ko‘p qatlamli perseptron (MLP) esa yakuniy tasniflash uchun birlashtirilgan ikki fazali gibrid neyrotarmoq metodikasi taklif etilgan. Metodika “siljuvchi oyna” (sliding window) prinsipiga asoslanadi. Eksperimental tadqiqot natijalari taklif etilgan metodikaning yuqori aniqlik ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi.
Publication Date: 2026-06-19