Ushbu tadqiqot MRT (magnit-rezonans tomografiya) tasvirlari asosida miya o‘smalarini aniqlashga mo‘ljallangan chuqur o‘rganish modellariga qarama-qarshi (adversarial) hujumlar ta’sirini har tomonlama tahlil etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda FGSM (Fast Gradient Sign Method), PGD (Projected Gradient Descent), C&W (Carlini & Wagner) va DeepFool kabi zamonaviy hujum usullari qo‘llanilgan. ResNet-50, VGG-16 va EfficientNet-B4 modellarining ushbu hujumlarga nisbatan zaifligi ko‘rsatilgan hamda adversarial trening, input preprocessing va sertifikatlangan mustahkamlik kabi himoya usullarining samaradorligi baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, adversarial hujumlar tibbiy tasvirni qayta ishlash tizimlarida jiddiy xavf tug‘diradi va ulardan himoyalanish tibbiy sun’iy intellekt tizimlarini klinikalarga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Publication Date: 2026-06-19