Maqolada suv tanqisligi sharoitida suv resurslarini samarali boshqarishda raqamli
texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati va ahvoli yoritilgan. Muallif tomonidan Avstraliya, Yaponiya, AQSh,
Hindiston, Isroil, Xitoy, Turkiya va Yevropa Ittifoqi kabi davlatlarning suv xo‘jaligini raqamlashtirishdagi ilg‘or
tajribalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonda suv xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar, “Aqlli suv” qurilmalari orqali suv sarfini onlayn monitoring qilish imkoniyatlari hamda
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot natijalari
O‘zbekiston sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish va raqamli boshqaruv tizimini takomillashtirish
bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari suradi
Publication Date: 2026-05-01