Mazkur tadqiqot O‘zbekiston Respublikasida asalarichilik sanoatining hozirgi rivojlanish
darajasi va unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida iqlim o‘zgarishi, davlat
siyosati, iqtisodiy sharoitlar hamda innovatsion texnologiyalarning asalarichilik tarmog‘iga ta’siri o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, sohani yanada rivojlantirish uchun davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu maqola asalarichilikning mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligidagi strategik o‘rnini yoritib
berish bilan birga, tarmoqning samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflarni ilgari suradi
Publication Date: 2026-05-01