Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashning hozirgi holati hamda innovatsion ta'lim texnologiyalari va tpack yondashuvi asosida pedagogik shart-sharoitlarni takomillashtirish

Description

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashning hozirgi holati tahlil qilinib,
ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda TPACK (Technological Pedagogical
Content Knowledge) yondashuvining o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchilarning texnologik, pedagogik va
fan mazmuniga oid bilimlarini integratsiyalash zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini
zamonaviy ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorlashga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tahlil
qilingan. Maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish, raqamli vositalardan samarali foydalanish
hamda TPACK yondashuvi asosida kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib
chiqilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish, ta’lim sifati va
samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20760373

Publication Date: 2026-06-12

Back to publications list


About