ALISHЕR NAVOIY "XAMSA"SIDA HUKMDOR SHAXSIYATI TIMSOLI

Description

Monografiya Alisher Navoiy ijodida hukmdor shaxsiyatining tarixiy va badiiy talqinini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoirning

“Xamsa” dostonlari hamda nasriy merosida podshoh obrazi shakllanishining nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida hukmdor va adolat, hokimiyat va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik masalalari ilmiy tahlil markaziga qo‘yilgan. 

Navoiy asarlarida tarixiy shaxs obrazining badiiy talqiniga doir nazariy qarashlar yoritilib, shoirning tarixiy-nasriy merosida podshohlar zikri, tazkiralarida esa Amir Temur va temuriylar shaxsiyati tasviri o‘rganilgan. Bu jarayonda hukmdorning siyosiy faoliyati, adolatparvarlik prinsipi, ilm va ma’rifatga munosabati alohida tahlil etilgan.  

Tadqiqot Navoiy hukmdor obrazini nafaqat badiiy tip sifatida, balki ma’naviy-axloqiy ideal, davlatparvarlik timsoli va tarixiy xotiraning muhim elementi sifatida talqin qilganini ilmiy ravishda ochib bergan. Monografiya natijalari Alisher Navoiy ijodini, Sharq adabiy an’analari va mumtoz poetik tafakkur tarixini o‘rganayotgan ilmiy tadqiqotchilar, adabiyotshunoslar, o‘qituvchilar hamda oliy ta’lim talabalari uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20760329

Publication Date: 2026-06-19

Back to publications list


About