Mazkur maqolada yosh sportchilarning musobaqa faoliyatini tahlil qilish asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirish jarayonini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan.
Tadqiqot davomida yosh sportchilarning musobaqalardagi texnik-taktik harakatlari, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va sport natijalari tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar asosida mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish hamda individual yondashuvni qo‘llashning samaradorligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari musobaqa faoliyatini muntazam monitoring qilish va uning asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirish sportchilarning tayyorgarlik darajasi hamda musobaqa natijalarini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi.
Publication Date: 2026-06-19