Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida jamoaviy mehnat nizolari doirasida ma’naviy ziyon kompensatsiyasining huquqiy asoslari, amaldagi tartibga solish mexanizmlari va sud amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Oliy sud Plenumi qarorlari hamda xalqaro mehnat standartlari o‘rganildi. Shuningdek, sud statistikalari va xorijiy davlatlar tajribasi asosida jamoaviy mehnat nizolarida ma’naviy ziyonni baholashning mavjud muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijasida jamoaviy mehnat nizolarida “jamoaviy nomoddiy zarar” institutini alohida huquqiy kategoriya sifatida mustahkamlash zarurligi asoslab berildi.
Publication Date: 2026-06-19