Ushbu maqolada dual ta’lim tizimini raqamlashtirishda sun’iy intellekt va raqamli platformalarning ahamiyati Germaniya, Finlyandiya hamda Yevropa Ittifoqi loyihalari misolida tahlil qilingan. Germaniyaning “Kasbiy ta’lim 4.0” strategiyasi, AZUKIT loyihasi, Finlyandiyaning Workseed raqamli platformasi tadqiq etilgan. Germaniya, Shveytsariya va Finlyandiya tajribalarining qiyosiy tahlili asosida talaba-ishlab chiqarish korxonasi muvofiqligini optimallashtiruvchi matematik model (Geyl-Shepli algoritmi) taklif etilgan. Raqamli transformatsiya ta’lim samaradorligini oshirishi hamda bitiruvchilar bandlik darajasini sezilarli yaxshilashi asoslab berilgan. Milliy raqamli platforma yaratish, mikro-kredensial tizimini joriy qilish va sun’iy intellekt orqali adaptiv ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Publication Date: 2026-06-19