Maqola katta til modellari asosida qurilgan Python dasturlash bo‘yicha moslashuvchan sun’iy intellekt-tyutorni ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazishga bag‘ishlangan. Tizim talabaning ELO-reytingi asosida to‘rt bosqichli maslahatlar modelini va topshiriqlarni dinamik yaratishni amalga oshiradi. 62 nafar talaba ishtirokida o‘tkazilgan kvazieksperiment yakuniy ballning 18,4 foizga (d=0,67) oshganini, yechish vaqti 23 foizga qisqarganini va o‘qishni tashlab ketish 12,9 foizdan 3,2 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Publication Date: 2026-06-19