Annotatsiya: Mazkur maqolada she’riy matnlarda qo‘llaniladigan fonografik vositalar va ularning uslubiy xususiyatlari Omon Matjon she’riyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda alliteratsiya, assonans, tovush takrori, onomatopeya kabi fonografik vositalarning badiiy matn mazmunini ochishdagi, obrazlilikni kuchaytirishdagi hamda she’rning musiqiyligini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Omon Matjon she’rlarida tovushlar uyg‘unligi orqali poetik ta’sirchanlikni oshirish usullari lingvopoetik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida fonografik vositalarning shoir individual uslubini shakllantirishdagi ahamiyati hamda badiiy-estetik vazifalari aniqlangan.
Kalit so‘zlar: fonografik vositalar, she’riy matn, uslubiy xususiyatlar, tovush takrori, lingvopoetika, Omon Matjon she’riyati.
Publication Date: 2026-06-19