Mazkur maqolada qurilish xizmatlari ko‘rsatish tizimining boshqaruv samaradorligini oshirishda sun’iy
intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Qurilish sohasida loyiha boshqaruvi,
resurslarni taqsimlash, xarajatlarni nazorat qilish, xavfsizlik monitoringi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida
sun’iy intellekt yechimlarining qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni joriy etish jarayonida
yuzaga kelayotgan tashkiliy, texnologik va iqtisodiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari qurilish xizmatlari sifatini oshirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini
kuchaytirish va tarmoqning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Publication Date: 2026-06-01