Mazkur maqolada biznes jarayonlari samaradorligini baholashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinib,
korxona faoliyati natijadorligini kompleks baholashda integral indeks usulidan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Tadqiqotda
biznes jarayonlarining samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy, tashkiliy va boshqaruv ko‘rsatkichlari tizimlashtirilib,
ularni yagona integral indeksga birlashtirish metodikasi taklif etilgan. Integral indeks asosida baholash korxona faoliyatining
rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish hamda resurslardan foydalanish
darajasini yanada takomillashtirish imkonini berishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari biznes jarayonlarini optimallashtirish,
korxona faoliyati barqarorligini ta’minlash va uning raqobatbardoshligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Publication Date: 2026-06-01