Ushbu maqolada O‘zbekistonning energetik salohiyati empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakat energetika
tizimining ishlab chiqarish imkoniyatlari, resurs bazasi va iste’mol hajmini baholash maqsadida 2016–2025-yillar bo‘yicha elektr
energiyasi ishlab chiqarish hajmi, elektr stansiyalarining jami o‘rnatilgan quvvati, tabiiy gaz qazib olish, ko‘mir qazib olish hamda
elektr energiyasi iste’moli ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. Mazkur ko‘rsatkichlar asosida energetik salohiyatning integral indeksi
shakllantirilib, uning dinamikasi tahlil qilingan. Shuningdek, empirik tahlil jarayonida log-log regressiya modeli orqali o‘rnatilgan
quvvat, yoqilg‘i-resurs bazasi va iste’mol hajmining elektr energiyasi ishlab chiqarishga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari
O‘zbekistonda energetik salohiyatning so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich oshib borayotganini, biroq tabiiy gaz qazib olish hajmidagi
pasayish energetika tizimida resurs diversifikatsiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish zaruratini kuchaytirayotganini
ko‘rsatadi. Maqolada energetika sektorida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, investitsion faollikni
oshirish va energiya samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Publication Date: 2026-06-01