FAVQULOTDA VAZIYATLARDA SUV TOSHQINI VA SEL HOLATLARIDA AHOLI VA HUDUDLARINI HIMOYA QILISHGA SALBIY TA'SIR KO'RSATUVCHI MUAMMOLI MASALALAR VA ULARNI BARTARAF QILUVCHI BULDOZER ISHCHI JIHOZI KONSTRUKSIYASI

Description

O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlar, xususan, sel va suv toshqinlari oqibatlarini
tezroq bartaraf etish jarayonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda qo‘llaniladigan maxsus texnika
va buldozerlarning ishchi jihozlari konstruksiyalarini asoslash, ularning samaradorlik darajalarini baholash muhim jihatlardan
va asosiy omillardan biri hisoblanadi. Buldozerlarning ishchi jihoziga ta’sir etuvchi omillar gruntlarning fizik-mexanik
xossalariga qarab keskin o‘zgarishi mumkin. Toshli gruntda buldozer otvaliga tushadigan qarshilik kuchlari ortib ketadi,
shu sababli ishchi jihoz konstruksiyasi ushbu qarshilik kuchlarini yengishga xizmat qiladi. Agar otval oldida maksimal
grunt prizmasining to‘planishi ta’minlanmasa, bu ish unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Toshli sel muhitidagi gruntlarni
qazishda ishchi tezlik katta ahamiyatga ega. Chunki toshlarning ishchi jihozga ta’siri natijasida qarshilik kuchlarining oshishi
ishchi tezlikning pasayishiga va ish unumdorligining kamayishiga olib keladi

Authors

DOI: 10.5281/zenodo.20751641

Publication Date: 2026-06-01

Back to publications list


About